info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Bugun Prezident Administratsiyasi mas'ullari, tuman hokimi, tuman prokurori hamda tuman IIO FMB boshlig'i...

timeicon 07-05-2025

Bugun Prezident Administratsiyasi mas'ullari, tuman hokimi, tuman prokurori hamda tuman IIO FMB boshlig'i boshchiligida mahallalarda o’rganish ishlari olib borildi.

O’rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, hududlarda "yo‘l xaritasi" doirasida olib borilayotgan vazifalar bilan tanishildi.

Bundan tashqari, mutasaddilar tomonidan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini oldini olish, qonunbuzarliklarning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar orqali ularni manzilli bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech