info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Bojxonachilarning tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bojxonachilarning tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
timeicon 10-06-2024

Bojxonachilarning tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Tuman hokimligi binosida Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i Sergeli va Yangihayot tumanida faoliyat yuritayotgan 50 nafardan ziyod tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Dastlab, mazkur sayyor qabulda ishtirok etgan tadbirkorlarga bojxona sohasida berilayotgan imtiyozlar va qulayliklar, xususan, “Eksport uch qadamda” tizimi hamda “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimining afzalliklari haqida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng, bojxona xodimlari,mas’ullar va tadbirkorlarning o‘zaro savol-javob ko‘rinishidagi muloqoti boshlandi. Bu esa tadbirkorlarning biznesini rivojlantirish va kengaytirish borasidagi qulayliklardan boxabar bo‘lishi hamda ularni o‘ylantirayotgan muammolarga birgalikda yechim topishda muhim rol o‘ynadi.

Tadbirda Savdo sanoat palatasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, tumani hokimi, tuman soliq inspeksiyasi rahbari, shuningdek, sertifikatsiya idoralari, temir yo‘l vakillari hamda bojxona xodimlari ishtirok etishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech