Kuni kecha Bojxona qo'mitasining Milliy kinologiya markazida navbatdagi "Dolzarb 30 kun" tadbiri bo'lib o'tdi.
Unda tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari yong'in xavfsizligiga oid targ'ibot tadbirlarini olib bordi. Xususan, favqulodda vaziyatlar vaqtida tezkor choralar ko'rish, yong'in o'chirish mashinasining yong'in o'chirish asbob-uskunalari hamda yong'in xavfsizligi talablariga amal qilish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Bu kabi targ'ibot tadbirlari tuman FVB xodimlari tomonidan boshqa tashkilotlarda ham amalga oshirib kelinmoqda.