info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Boshqaruv servis kompaniyalari vakillari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi

timeicon 03-01-2024

Bugun tuman hokimligida tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi boshchiligida korxona hamda tashkilotlardan biriktirilgan masʼullar, obodonlashtirish hamda kommunal soha xodimlari, shuningdek, Boshqaruv servis kompaniyalari vakillari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. 

Tadbir davomida kommunal soha vakillari oʻrtasida xizmat mobaynida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida oʻtkazib kelinayotgan tezkor-profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish kerakligi haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, ishchi-xodimlarga fuqarolar bilan muloqot qilish odobi va ish jarayonida xavsizlik choralarini koʻrish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish boʻyicha masʼullarga tegishli vazifalar belgilab berildi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech