Bosh prokuror Yangihayot tumaniga keldi
Tashrif davomida "mahalla yettiligi" hamda tuman ichki ishlar organlari xodimlari faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganishlar avvalida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Toshkent shahar prokurori bilan birgalikda tumanimizning "Do‘stlik" MFY hududiga borib, u yerdagi "mahalla yettiligi" faoliyatini samarali tashkil etish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Shundan so‘ng, Bosh prokuror hozirda qisman faoliyat ko‘rsatishni boshlagan “Tashkent Indeks” savdo majmuasidagi mavjud xavfsizlik nazorati choralari va ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilayotgan tungi xizmat tadbirlari holatini o‘rgandi.
Tashrif so‘ngida esa mas’ul rahbarlarga mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.