Bolajonlarga bayram kayfiyatini ulashish davom etmoqda.
Navbatdagi manzil — "APLA" nogironlar jamiyati bo‘ldi. Tuman hokimi mazkur tashkilotga borib, imkoniyati cheklangan bolalar uchun tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi. Shuningdek, tadbir yakunida bolajonlarni bayram bilan tabriklab, ularga sovg'alar taqdim etdi.