Tumanimizda "Mehr daftari" tizimiga kiritilgan Yangihayot tumanida istiqomat qiluvchi, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan vasiylik va homiylikka olingan bolalarga alohida g'amxo'rlik qilinadi.
Xususan, mazkur guruhga kiruvchi bolalarning muammolari o'rganilib, kuni kecha ularga Toshkent shahar hokimligi hamda tuman hokimligi hamkorligida ajratilgan televizor va noutbuklar tuman hokimi tomonidan taqdim etildi. Bolalarning kichik e'tibordan quvonchga to'lganini ularning yuz-ko'zlaridan anglash qiyin emas.
Tumanimizda bu kabi tadbirlar davom etadi.