Xabaringiz bor hozirda tumanimizning Xushnud mahallasida individual loyiha asosida, zamonaviy koʼrinishda, barcha imkoniyatlarga ega boʼlgan “Bolalar va oʼsmirlar sport maktabi” qurilmoqda.
Bugun tuman hokimi bu yerda olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi, quruvchilarga ishlarni jadallashtirish, sifatga eʼtibor qaratish boʼyicha aniq koʼrsatma va takliflar berdi.
Shuningdek, "Chortoq" mahallasidagi yoʼl qurish ishlarini ham koʼzdan kechirdi. Tez orada ishlar yakunlansa, ham piyodalar, ham yoʼlovchilar, ham shu yerda yashovchi fuqarolar uchun qulaylik yaratiladi.