Bolalar masalalari dolzarbligicha qolmoqda
Kuni kecha bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda bir qator masalalar ko'rib chiqildi.
Dastlab, komissiya yig'ilishida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar qoniqarsizligi, huquqni muhofaza qilish xodimlari hamda yoshlar yetakchilari o'rtasida o'zaro hamkorlikning yo'qligi ta’kidlanib, bu bo‘yicha mas’ul tashkilotlarning vaziyatni o‘nglash borasidagi takliflari tinglandi.
Bundan tashqari, kun tartibida ikki nafar fuqaroning davlat xizmatlari va farzandini o'qitish bilan bog'liq muammolari o'rganildi. Ularning biriga tegishli xodimlar biriktirilib, tug'ilganlik haqidagi guvohnomani olib berish hamda maktab ta'limiga jalb qilish bo'yicha aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yig'ilish davomida yoshlar o'rtasida spirtli ichimliklar va psixotrop moddalarga ruju qo'yganlarni aniqlash, zarur hollarda ularni majburiy davolash, shuningdek, go'daklar o'rtasida o'lim holatining oldini olish bo'yicha o'zaro hamkorlikda ishlar tashkil etish masalasi muhokama qilindi.