info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

timeicon 29-05-2025

Bugun tuman hokimligi binosida tuman hokimi, tegishli tashkilotlar vakillari va maktab direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ta’lim muassasalarida bolalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda o‘quvchi yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash va buning uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech