info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Bolalar masalalari bo’yicha tuman komissiyasining kengaytirilgan yig’ilishi bo'lib o'tdi

timeicon 18-04-2025

Kuni kecha 8-sonli umumta’lim maktabida tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosari, mas’ul tashkilotlar vakillari, maktab direktorlari va o‘qituvchilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning davomatini yaxshilash, ularning darslardagi faolligini oshirish va ta'lim tizmidagi muammolar atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, yoshlarni psixotrop moddalar, giyohvandlik vositalari va yot g‘oyalarning salbiy ta’siridan asrash, bu borada profilaktik ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida ta’lim samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech