info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Bolalar masalalari yana kun tartibida ko‘rib chiqildi

timeicon 08-07-2025

Bugun tuman hokimi boshchiligida bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosarlari, mas’ul tashkilotlar vakillari va maktab direktorlari ishtirok etdi.

 Dastlab, yig‘ilishda Yangihayot tumanidagi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ishlab chiqilgan individual rivojlanish hamda individual integratsiya rejalarida belgilangan xizmatlar tahlil qilindi.

 Shuningdek, tuman IIO FMB hamda ta’lim muassasalari tomonidan komissiyaga taqdim etilgan, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid materiallar muhokama qilindi.

 Yig‘ilish yakunida mas’ul idoralarning o‘zaro hamkorligini oshirish va vaziyatni o‘nglash borasida aniq topshiriqlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech