Bolalar masalalari yana kun tartibida ko‘rib chiqildi
Bugun tuman hokimi boshchiligida bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.
Dastlab, yig‘ilishda 2024-yil davomida Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijadorligi hamda komissiyasining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasi, komissiya a’zolari tarkibi va ularning vazifalar taqsimoti loyihasi muhokama qilindi.
Shundan so‘ng mas’ul rahbarlar voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi. Shuningdek, yig‘ilish davomida ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, o‘quvchilarning darslarda faol ishtirokini ta’minlash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ul idoralarning o‘zaro hamkorligini oshirish va vaziyatni o‘nglash borasida aniq topshiriqlar berildi.