Bog‘chalardagi oshpaz va hamshiralar bilan seminar bo‘lib o‘tdi
Tumanimizdagi 331-sonli umumta’lim maktabi faollar zalida “Sog‘lom bola — yurt boyligi” mavzusida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan hamshira va oshpazlar uchun o‘quv seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida Yangihayot, Bektemir, Chilonzor, Sergeli, Yashnobod tumanlaridan jami 350 nafardan ortiq hamshira va oshpazlar qatnashdi. Unda sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida ma’lumot berilib, xodimlarning mehnat faoliyati davomida duch kelayotgan qiyinchiliklar va ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.
Mazkur seminarda Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i, maktabgacha va maktab ta’limi shahar va tuman boshqarma boshliqlari, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi bosh texnologi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mas’ullari ishtirok etishdi.