Yangihayot tumanida maktab bitiruvchilarini nafaqat oliy ta’limga tayyorlash, balki ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kasb-hunarga yo‘naltirish borasida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, ayni kunlarda 329-sonli umumta’lim maktabida "Milliy taomlar oshpazi" hamda "Veb dizaynerlik" yo‘nalishlarida tahsil olgan 11-sinf o‘quvchilari uchun yakuniy imtihonlar o‘tkazilmoqda. Ushbu imtihonlar o‘quvchilarning kasbga tayyorgarligini baholashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qilmoqda.