Yangihayot tumanidagi 304-sonli umumta’lim maktabning 100 ga yaqin bitiruvchi sinf o‘quvchilari "Akfa Assembly" va "Almerro Group" korxonalari faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida yoshlar u yerdagi ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, korxona mutaxassislari o‘quvchilarga bo‘sh ish o‘rinlari hamda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi.
Ushbu chora tadbirlar esa yoshlarning kelgusida munosib ish topishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.