info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Bitiruvchi o'quvchilar uchun seminar tashkil etildi

timeicon 25-04-2025

Toshkent davlat pedagogika universitetida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali masʼul xodimlari, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi dotsenti hamda Yangihayot tumani hokimi oʼrinbosari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda “Davlat xizmatida lider ayollarning oʼrni”, "Davlat boshqaruvida avlodlar almashinuvi", “Davlat xizmatiga kirish tartibi va talablari kabi mavzularda bitiruvchi talaba qizlarga maʼruza va taqdimotlar qilindi. Shuningdek, davlat xizmatini jozibadorligi, mehnat staji talab etilmaydigan lavozimlar boʼyicha ishtirokchilarga toʼliq maʼlumotlar berildi.

Yangihayot tumani hokimi oʼrinbosari Iroda Аbdullaeva tomonidan lider ayollarning jamiyat rivojiga qoʼshayotgan hissasi, zaxira nomzod sifatidagi faoliyati, Germaniya tajribasidan olgan bilim va koʼnikmalari haqida bitiruvchi talabalarga maʼlumotlar berdi.

Oʼquv seminar savol-javob shaklida qizgʼin muhokamalar bilan oʼtkazildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech