Tumanimizdagi 285-umumta'lim maktabida "Bir nuroniy o'n yoshga mas'ul" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri bo'lib o'tdi.
Unda tumanimiz nuroniylari, maktab o'qituvchilari va yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida keksa avlod vakillari yurtimizda yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish, ilm egallash yo'lida chinakam harakat qilish va yurt ravnaqiga hissa qo'shish borasida yoshlarga o'z maslahatlarini berdilar.
Shuningdek, otaxonlar o'zlarining hayot yo'li, yoshlik paytidagi o'ziga xos qiyinchiliklar va bugungi imkoniyatlar to'g'risida samimiy fikrlarini bildirdilar.