info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Bir guruh fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazildi

Bir guruh fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazildi
timeicon 13-11-2024

Bugun, "Xalqaro ko‘zi ojizlar kuni" hamda "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan bir guruh fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati Sergili-Yangihayot tumanlararo bo‘linmasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda oilaviy poliklinikalar hamkorligida tashkil etildi.

Unda malakali shifokorlar tomonidan 80 nafar jamiyat a’zolari va nogironligi bo‘lgan bir nechta fuqarolar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ularga ko‘zoynak, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari, vitaminlar va zarur dori-darmon vositalari bepul tarqatildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech