info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

“Binokor” mahalla fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi

timeicon 09-05-2022

Yangixayot tumani davlat soliq inspektsiyasi boshligʼi tomonidan “Binokor” mahalla fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Unda 6 nafar fuqaro qatnashdi. Shundan 4 ta murojaat ijobiy hal etildi, 2 ta murojaat boʼyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Jumladan, Xudoyberdieva Nigora Iminjon qizi yolgʼiz ona boʼlib, voyaga yetmagan 2 nafar farzandi borligini, ijara haqini toʼlashda qiynalayotganligi va ishsiz ekanligi sababli moddiy yordamga muxtojligini bildirib, amaliy yordam soʼrab murojaat qilgan.

“Binokor” mahallasi hokim yordamchisi va yoshlar yetkachisi murojaatni koʼrib chiqib, fuqaroni “Yoshlar daftari”ga kiritish orqali ijara haqining bir qismini qoplab berish va kasanachilik faoliyati asosida band qilish choralari koʼriladigan boʼldi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech