“Barqaror turmush!” oyligi doirasida yangihayotlik xotin-qizlar bilan tadbir o‘tkazildi.
Kuni kecha tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman ichki ishlar xodimlari tomonidan “Zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning huquqlarini himoya qilish va zo‘ravonlikning oldini olish” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
Unda tuman hokimi, Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i hamda Toshkent shahar huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi o‘rinbosari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida xotin-qizlar uchun tibbiy-ko‘rik, mehnat yarmarkasi, malakali psixolog qabuli, yosh tadbirkorlarning mahsulotlari ko‘rgazmasi, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha diyetologdan tavsiyalar, shuningdek, “Men donorman” xayriya aksiyasi tashkil etildi.
Bundan tashqari, ishtirokchilarga kayfiyat ulashish maqsadida maktab o‘quvchilarining raqslari va O‘zbekiston Xalq artisti tomonidan madaniy chiqishlar namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida yangihayotlik 10 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari, hamkor tashkilot xodimlari hamda mahalla faollariga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.