Bayram arafasida tumanimiz boʻylab хayrli ishlar davom etmoqda. Ayniqsa, muhim sanalar oldidan yoshi ulugʻ nuroniylarni, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish anʼanaga aylangan.
Kuni kecha tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi masʼullari boshchiligida tumanda yashovchi 15 nafar ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning salomatligi, shart-sharoitlari oʻrganildi. Shuningdek, homiylar tomonidan ularga atalgan oziq-ovqat mahsulotlari toʻplami topshirdi.