1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha Yangihayot tumani ochiq birinchiligi musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa “Chortoq” mahallasidagi Madaniyat markazida “Mitti yulduzchalar” nomi ostida o‘tkazildi. Unda 5 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlar ishtirok etishdi.
Tadbir yakunida faxrli o'rinni egallagan ishtirokchilar diplom hamda esdalik statuetkalari bilan taqdirlandi.