Yangihayot tumanida ajrim ko‘rsatkichi oshgan mahallalarda oilaviy munosabatlarni o‘rganish va ajrimlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Xususan,bugun Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi a’zolari ishtirokida “Yangi Umid” mahalla fuqarolar yig‘inida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida oilalarning duch kelayotgan kelishmovchiliklari o‘rganilib, vaziyat muhokama qilindi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan oilaviy qadriyatlar mustahkamligi, oila jamiyatning bir bo‘lagi ekanligi haqida tushuntirishlar berib o‘tildi. Natijada 2 ta oilaning munosabatlari qayta tiklandi.