Aziz va muhtaram yurtdoshlar, qadrli yangihayotliklar!
Yangihayot tumani hokimligi eng ulug‘ bayram - Mustaqilligimizning 33 yilligi shodiyonasi bilan yurtimiz kelajagiga befarq bo‘lmagan barcha hamyurtlarimizni samimiy muborakbod etadi.
Bu yilgi Vatanimiz Mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida nishonlanishi bejiz emas.
Yuksalish yo’lidan ildam odimlayotgan Yangi O‘zbekistonimizni barchamiz birgalikda bunyod etishimiz lozim. Bu ishni esa avvalo o’z tumanimizdan boshlashimiz muhim ahamiyatga ega.
Yangihayot tumanida ham yildan yilga yangi, zamonaviy binolar, tuman ahli ehtiyojlariga to’liq mos keluvchi ta’lim, tibbiyot muassalari, sport komplekslari, ko’ngilochar bog’lar bunyod etilmoqda. Bu ishlar albatta davom etadi. Yangihayotliklarning turmush darajasini oshirish, Sizlarga qulay shart-sharoit yaratish yo’lida aslo to’xtamaymiz!
Fursatdan foydalanib,barchangizga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik va xonadoningizga fayz-u baraka tilab qolamiz.
Har biringizning Vatanimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan sa’y-harakatlaringiz o’z samarasini berib, faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyat va omad yor bo‘lsin. Yurtimiz doimo tinch, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan Yangihayot tumani hokimligi.