Аziz yangihayotliklar, tumanimiz ahli!
Sizlarni Ramazon hayiti ayyomi bilan chin qalbdan tabriklayman!
Mehr-muruvvat oyi boʼlmish muborak Ramazon shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Siz va siz orqali oila aʼzolaringizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka tilayman.
El-yurt ravnaqi yoʼlida birgalikda qilayotgan mehnatlarimizda hamjihatlik tark etmasin, xayrli ishlarda bardavom boʼlaylik!
Ramazon hayiti barchamizga muborak boʼlsin!
Yangihayot tuman hokimi Hayot Inogamov