info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Assalomu alaykum hurmatli faxriylar, aziz yangihayotliklar!

Assalomu alaykum hurmatli faxriylar, aziz yangihayotliklar!
timeicon 09-05-2025

Avvalambor, barchangizni
9-may - "Xotira va qadrlash kuni" , Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk gʻalabaning 80 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy qutlayman.

Maʼlumki, yurtimizda 9-may sanasini "Xotira va qadrlash kuni" sifatida keng nishonlash anʼanaga aylanib qolgan. Mana shu ulugʻ ayyom kunida hammamiz eng avvalo, urush maydonlaridan qaytmagan yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi oldida bosh egib, ularning jang maydonlari koʻrsatgan jasoratlari, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugun oramizda sogʻ-omon yurgan faxriylarimizga hurmat bajo keltirishimiz lozim. Siz muhtaram faxriylarimizning urushdan keyingi ogʻir tiklanish yillarida qilgan buyuk xizmatlaringizni aslo unutmaymiz.

Shuningdek, Xotira va qadrlash kuni keng ma'no mazmunga ega bo‘lib, nafaqat o‘tganlarni yod olish, balki yonimizdagi aziz insonlarni qadrlash, ularga munosib e'zoz va rag‘bat ko‘rsatish, holidan xabardor bo‘lish kabi ezgu amallarni nazarda tutadi.

Xotira va qadrlash kuni – umumxalq bayrami barchangizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Yangihayot tumani hokimi Xayot Inogamov

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech