Assalomu alaykum hurmatli faxriylar, aziz yangihayotliklar!
Avvalambor, barchangizni 9-may - "Xotira va qadrlash kuni" , Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk gʻalabaning 79 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy qutlayman.
Maʼlumki, yurtimizda 9-may sanasini "Xotira va qadrlash kuni" sifatida keng nishonlash anʼanaga aylanib qolgan. Hech shubhasiz, bu dahshatli urush butun insoniyat qatori bizning xalqimizga ham mislsiz kulfat va yoʻqotishlar olib keldi. Mana shu ulugʻ ayyom kunida hammamiz eng avvalo, urush maydonlaridan qaytmagan yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi oldida bosh egib, ularning jang maydonlari koʻrsatgan jasoratlari, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugun oramizda sogʻ-omon yurgan faxriylarimizga hurmat bajo keltirishimiz lozim. Siz muhtaram faxriylarimizning urushdan keyingi ogʻir tiklanish yillarida qilgan buyuk xizmatlaringizni aslo unutmaymiz.
Hozirgi tinch-osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun ularga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz. Sizlarning mard-u matonatingiz, mehnatingiz, bugungi va kelgusi avlod uchun hamisha ibrat namunasi boʻlib qoladi.
Bayramingiz muborak boʻlsin!
Hurmat bilan,
Yangihayot tumani hokimi Xayot Inogamov