Bugun "Oriyat" mahallasida Toshkent shahar hokimi o'rinbosari, ishchi guruh a'zolari, tuman hokimi o'rinbosarlari boshchiligida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida yig'ilish o'tkazildi.
Unda tuman miqyosida, xususan, ichki ko'chalar, mahallalarda daraxt ko'chatlari ekish, yashil zamin yaratish, bunda fuqarolarning ham faolligini oshirish haqida so'z bordi.
Shundan so'ng tashkilot rahbarlari va ko'ngillilar ishtirokida ko'chat ekish ishlari boshlab yuborildi. Ko'pchilikning faolligi va tashabbusi bilan 200 ga yaqin pavloniya ko'chatlari ekildi.
Tadbirlar tuman mahallalari bo'ylab davom etmoqda. Shu o'rinda fuqarolarimizdan ham ushbu tadbirlarda faol bo'lishlarini so'rab qolamiz.