Kuni kecha tuman hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas'ul xodimi va tuman hokimi boshchiligida kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashga qaratilgan yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilish davomida kuzatilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, ishlarni o'z vaqtida sifatli ijro etilishi bo'yicha nazoratni kuchaytirish, mahallabay o'rganish ishlarini tashkillashtirish xususida so'z borib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.