Bugun ertalabdan tuman hokimi, sektor rahbarlari, ishchi guruh mas'ullari boshchiligida kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish hamda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarga bag'ishlangan navbatdagi saf yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda tuman hokimi va ishchi guruh mas'ullari tomonidan mahallalardagi ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf qilish, aholi bilan muloqotda ularning murojaatlarini tinglash, BSK tomonidan ishlarni yanada jadallashtirish va shu kabi vazifalar xususida so'z yuritildi.