Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi mas'uli, tuman hokimi, sektor rahbarlari boshchiligida kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish va “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda mas’ul korxona va tashkilotlardan biriktirilgan mas’ullar ishtirok etdi. Yig'ilishda mahallalar, xususan, ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy obyektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, aniqlangan kamchilik va muammolarni zudlik bilan bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini jadal davom ettirish bo'yicha topshiriqlar berildi.