Kuni kecha tuman hokimi "Yashil makon" loyihasi doirasida ekilgan koʼchatlar parvarishi bilan tanishdi. Masʼullarga koʼchatlarni sugʼorishga jiddiy eʼtibor qaratish boʼyicha koʼrsatma berdi.
Shu bilan birga, tuman hokimi "Marhamat" mahallasida boʼlib, mahallada tashkil etilishi kerak boʼlgan loyiha, mahalla ahliga yaratilayotgan sharoitlar va rejalar xususida mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar boʼlimi xodimi bilan suxbatlashdi, ularning taklif va mulohazalariga quloq tutdi.