info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

“Yashil makon” aksiyasi davom etmoqda

timeicon 04-11-2023

“Yashil makon” aksiyasi davom etmoqda.

Kuni kecha Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, “Sabr” ishonch markazi rahbari, tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi masʼullari hamda faol xotin-qizlar tumanimizning Xushnud mahallasiga daraxt koʻchatlarini ekib,  “Yashil makon” umummilliy loyihasiga oʻz hissalarini qoʻshishdi.

Tadbir davomida qoʻmita raisi mahalla faollari, “Oqila ayollar” harakati aʼzolari bilan suhbatlashib, “Yangi Oʻzbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” degan oliyjanob gʻoyani qoʻllab-quvvatlash, ushbu jarayonda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Shuningdek, ekilgan daraxt koʻchatlarini parvarishlash, ularga doimiy ishlov berib turish boʻyicha masʼullar, koʻchaboshilar hamda xonadon egalariga koʻrsatmalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech