Bugun tumanimizning barcha mahallalarida barcha tashkilot va mahalla faollari bir yoqadan bosh chiqarib hashar ishlarini olib borishmoqda.
Jumladan, tumanning markaziy va ichki koʼchalari, mahalla hududlari, koʼp qavatli uylarning atrofi tartibga keltirilib, chiqindi va xazonlardan tozalanmoqda.
Tuman hokimi ham Doʼstlik mahallasida boʼlib, olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Mahalla faollari bilan suxbatlashib, tozalik va ozodalik yoʼlida barcha jipslashishi kerakligini taʼkidladi.
Hurmatli tumandoshlar!
Hashar ishlarida siz ham faol boʼling, hududimizni obod maskanga aylantirishda oʼz hissangizni qoʼshing. Zero, tozalik bor joyda fayz-u baraka boʼladi!