Hashar-elga yarashar
Mustaqilligimizning 31 yilligini munosib nishonlash maqsadida, tumanimiz fuqarolari tomonidan ham muntazam obodonlashtirish, tozalash ishlari olib borilmoqda. “Charogʼon” va Ibrat mahalla faollari ham hashar ishlariga bosh qoʼshib, oʼz hududlarini ozoda qilishga hissa qoʼshishmoqda.
Hashar tadbirlari davom etmoqda. Biz barcha tumanimiz ahlini hashar tadbirlarida faol boʼlishga chorlab qolamiz. Zero, tozalik bor joyda qut-baraka boʼladi.