info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Har bir fuqaro davlat e’tiborida!

timeicon 09-01-2024

Har bir fuqaro davlat e’tiborida!

Yangihayot tumanining Аl-Fargʼoniy mahallasida bir necha yillardan buyon yashash joyi aniq boʼlmagan German Xakimovich Xusanboyev Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatiga murojaat qildi.

Murojaatga koʼra, fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjatini yoʼqotganligiga koʼp yillar boʼlgani, uni tiklash uchun mutasaddi tashkilotlarga borib tugʼilganlik haqidagi guvohnoma nusxasining berilishini soʼragan, ammo rad javobi olgan.

Deputat tomonidan mazkur masala bo’yicha Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi mutasaddilariga murojaat etilgan.
Аl-Fargʼoniy MFY raisi va Yangihayot tumani Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimi boshligʼi bilan birgalikda fuqaroning hujjatlari tiklanib, pasport berildi.

Hozirda fuqaroni ishga joylashtirish boʼyicha ishlar ham olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech