Tuman hokimligi binosida tuman hokimi oʻrinbosari, tuman prokuror oʻrinbosari, qurilish va uy-joy fondini nazorat qilish inspeksiyasi masʼul xodimi boshchiligida boshqaruv servis kompaniyalari bilan mavjud debitor qarzdorlikni qisqartirish, aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Unda kommunal soha vakillari, korxona hamda tashkilotlardan biriktirilgan masʻullar va boshqaruv servis kompaniyalari boshliqlari ishtirok etdi.
Yigʻilish davomida shu vaqtga qadar aniqlangan kamchilik va muammolarni zudlik bilan bartaraf etishga jiddiy eʻtibor qaratish, shuningdek, kelgusidagi ishlarni jadal davom ettirish boʻyicha topshiriqlar berildi.