Qish mavsumida aholi isitish uskunalaridan notoʻgʻri foydalanishi oqibatida yongʻin xavfi, is gazidan zaharlanish holatlari koʻproq uchrashi barchamizga ma'lum.
Shu bois, Yangihayot tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan aholi orasida profilaktika hamda tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilmoqda.