Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari, tuman hokimi, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi hamda qator mutasaddilar tumanimizda kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish boʻyicha qilingan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, oʻrganish jarayonida ijtimoiy soha obyektlarida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, aholi muammolarini oʻrgangan holda, ularni qisqa muddatda hal etish boʻyicha topshiriqlar berildi.