Xususan, kuni kecha 329-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Yangihayot tumani hokimligi va Toshkent shahar "Ma’rifiy targ‘ibot markazi" muassasasi hamkorligida "Jaholatga qarshi – ma’rifat" mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbirda “Minor” jome masjidi imom xatibi ishtirok etib, ochiq muloqot tarzida suhbat olib bordi. Unda farzand tarbiyasi, odob-axloq, ilm olishning inson hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Ota-onaga hurmat, Vatanga sadoqat, ma’naviy poklik kabi qadriyatlar yoshlarni turli buzg‘unchi g‘oyalardan asrashda muhim omil ekanligi alohida ta’kidlandi.