Bugun 331-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Yangihayot tumani hokimligi va Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida "Jaholatga qarshi – ma’rifat" mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbirda "Xo‘ja Alambardor" jome masjidi imom-xatibi tomonidan "Gulshanobod" va "Marhamat" mahallalarida yashovchi fuqarolar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borildi.
Tadbir davomida farzand tarbiyasi, odob-axloq, ilm olishning inson hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Ota-onaga hurmat, Vatanga sadoqat, ma’naviy poklik kabi qadriyatlar yoshlarni turli buzg‘unchi g‘oyalardan asrashda muhim omil ekanligi alohida ta’kidlandi. Bundan tashqari, oiladagi tarbiyaning kuchi hamda ota-onaning farzandga namuna bo‘lishi jamiyat barqarorligiga xizmat qilishi qayd etildi.