info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Aholi ishtirokida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tabdir bo‘lib o‘tdi

timeicon 01-07-2025

Kuni kecha 285-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, tuman hokimligi va Toshkent shahar "Ma’rifiy targ‘ibot markazi" muassasasi hamkorligida "Jaholatga qarshi – ma’rifat" mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligi tushunchalarining mazmun-mohiyati, mediasavodxonlikni oshirish, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni olish va tarqatishda e’tiborli bo‘lish, diniy ekstremizm va terrorizm kabi yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik haqida tushuntirishlar berib o‘tildi.

Ushbu chora-tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashdir.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech