Aholi bangligini ta'minlashda yangicha tizim joriy etilmoqda
Kuni kecha tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan mahallardagi hokim yordamchilari uchun o'quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda "Uychi tumani tajribasi" asosida mahallarni ishsiz va kambagʻallikdan holi hududga aylantirishning ustuvor yo'nalishlari haqida ma'lumot berildi.
Bunda aholi oʻrtasida xatlov oʻtkazish, tadbirkorlik subyektlari bilan individual tartibda ishlash, ishga joylashtirish natijalarini kunlik monitoringini olib borish, norasmiy-band boʻlgan aholi o'rtasida tushuntirish va targʻibot tadbirlari tashkil etish, kasb-hunarga oʻqitish hamda yoshlarga yer, subsidiyalar, kreditlar ajratilishiga ko'maklashish bo'yicha "Mahalla yettiligi" vakillari hamda hokim yordamchilariga zarur ko'rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tuman hokimligida markaziy shtab hamda sektorlarda ishchi guruh shtablarini tuzish orqali hududlarda ish jarayonlarini tashkil etish masalasi ko'rib chiqildi.