Yangihayotliklar uchun yana bir ajoyib yangilik!
«Oriyat» mahallasida Respublika boʼyicha eng koʼp quvvatga ega boʼlgan bogʼchaning ochilish tantanalari boʼlib oʼtmoqda.
Marosimda Toshkent shahar hokimi, tuman hokimi, sektor rahbarlari va mutasaddi rahbarlar ishtirok etmoqda.
Shuningdek, tumanimiz fuqarolari ham jajji bolajonlari bilan tadbirga tashrif buyurishgan.
Maʼlumot uchun, mazkur davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 720 oʼrinli boʼlib, 1,4 gektar yer maydonini egallagan.