info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Yangihayotlik parasportchilardan yana bir g‘alaba

timeicon 01-07-2025

“Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz bo‘ylab saralangan 364 nafar parasportchi ishtirok etdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, Toshkent shahri jamoasi umumjamoa hisobida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Jamoa jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 7 tasi oltin, 4 tasi kumush va 4 tasi bronza medalidir.

Quvonarlisi shundaki, ushbu jamoa tarkibida Yangihayot tumanidan ham parasportchilar ishtirok etib, g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shdi.

Fursatdan foydalanib, ularni g‘alaba bilan muborakbod etamiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech