Yangihayotlik hojilar va yoshlar bir davraga yig‘ilishdi
"Marhamat" mahallasida tuman imom-xatibi, "Nuroniy" jamg‘armasi hamda Mahallalar uyushmasining tuman bo‘limi boshlig‘i boshchiligida joriy yilda Haj ziyoratini o‘tab qaytgan fuqarolar va yoshlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir boshlanishida tuman imom-xatibi so‘zga chiqib, "Haj-2024" mavsumida yurtdoshlarimiz uchun yaratilgan mehmonxona, xizmat ko‘rsatish, ovqatlanish, transport va boshqa shart-sharoitlar yuqori saviyada tashkil etilganini aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng, muqaddas Haj ziyoratini ado etib qaytgan hojilar, tumanimiz yoshlari va mahalla raislari o‘rtasida farzandlarni turli zararli odatlardan asrash, ijtimoiy tarmoqlar orqali yod g‘oyalar va turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolmaslik, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish masalalari muhokama qilindi.