Bugun tuman hokimligi binosida "Mirzo Ulug‘bek vorislari" Respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan g‘oya va ishlanma mualliflariga innovatsion loyihalarni amalda tatbiq etish, uni yanada takomillashtirish va bu kabi ko‘rik-tanlovlarni yoshlar o‘rtasida keng ommalashtirish bo‘yicha taklif va ko‘rsatmalar berildi.
Tadbir so‘ngida ushbu tanlovning 5 nafar tuman bosqichi g‘oliblari esdalik sovg‘alari va pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.