Yangihayotlik kurashchilar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi
"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning kurash turi bo‘yicha "Prokuror kubogi" musobaqasining sektor bosqichi bo‘lib otdi.
Musobaqaga "Yangi Umid" mahallasida joylashgan sport markazi mezbonlik qildi. Bellashuvlarda 163 nafar yoshlar 58, 61, 65, 68 kg vazn toifalari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.
Tadbir yakunida birinchilikni qo‘lga kiritgan bir guruh ishtirokchilarga diplom va sovg‘alar topshirildi.