info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Yangihayotlik ibratli oilalar taqdirlandi

timeicon 16-05-2024

Yangihayotlik ibratli oilalar taqdirlandi

Yangihayot tumani Xushnud mahallasida 15-may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Ibratli oila” koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan namunali oilalarni hamda "Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi" koʻrik tanlovi tuman bosqichi ishtirokchilarini, shuningdek, mahallada 50 yildan ortiq birga yashab kelayotgan namunali oila vakillarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda “Ibratli oila” koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan namunali oilalar hamda “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” koʻrik-tanlovining gʻoliblari Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi va tuman hokimi, tuman hokim oʻrinbosari tomonlaridan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech